Manzilimiz
Yopish
  • Manzil: O`zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Imom Al-Buxoriy ko`chasi, 35A-uy
  • Mo`ljal: Temir yo`l stansiyasi qarsishi
  • Pochta indeksi: 210100
  • Ish vaqti: 08:00 - 17:00
  • Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00
  • Dam olish kuni: Haftaning bir kuni
  • Aloqa raqami: (0-436) 225-59-02, faks: (0-436) 225-59-02
  • Ishonch telefoni: (0-436) 225-59-02
  • Veb-saytni yuritish bo`yicha mas`ul xodim: Norova Salima, To`raqulova Azima
  • E-mail: mak-10@inbox.uz

Yangi yil

Yangiliklar

Kitob-insonning yaqin do'sti

Yangiliklar

  Kitob – insonning yaqin do`sti, suhbatdoshi, sirdoshi. U kishining dunyoqarashi, so`z boyligini oshiradi. Amerikalik olim, yozuvchi Nil Geyman olib borgan tadqiqot natijasi shuni ko`rsatdiki, kitob mutolaa qilmaydigan bolalar kelajakda bezori bo`lib ulg`ayishi ehtimoli yuqori ekan. Shu bilan birga, kitob o`qish odamlarni empatiyaga – faqat o`z xohish-istaklari va manfaatlarini o`ylashdan voz kechib, umumiy maqsad yolida birlashishga undaydi. Xitoylik olimlar esa AQShning butun dunyoni zabt etgan Apple, Microsoft kompaniyalari sirini bilish maqsadida u yerda o`z tadqiqotchilarini yuborganlar. Izlanishlar shuni ko`rsatdiki, nanotexnologiyalar ixtirochilari bolalikda fantastik asarlar mutolaasiga mehr uyg`otishimiz, asrlar osha ajdodlar ilmiy, adabiy merosini qadrlashga, unda ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga o`rgatishimiz muhim.

Yangi yil bilan

Ommaviy tadbirlar

yangi_yilim_yaxshi_yilim_mavzusida_tadbir_ish_.doc [1.89 Mb] (yuklab olingan: 1)

Davlat bayrog'i

Yangiliklar

 
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonun 1991 yil 18 noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oʻtkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.
 
  Davlat bayrogʻi va uning ramzi bugungi Oʻzbekiston sarhadida qadimda mavjud boʻlgan davlatlar bilan tarixan bogʻliqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy anʼanalarini oʻzida mujassamlashtiradi.
 
1. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrogʻining rangi ham moviy rangda edi.
 
2. Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi boʻlib, u kun charogʻonligi va koinot yoritqichlari bilan uygʻunlashib ketadi. Oq rang – poklik, begʻuborlik, soflikni, orzu va xayollar tozaligi, ichki goʻzallikka intilishning timsoli.
 
3. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U koʻpgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
 
4. Qizil chiziqlar – vujudimizda joʻshib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.

 

BO`LIMLAR