+A+
A
-A-
x2

Fizika fanidan dars ishlanmasi

  

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu

Temperatura. Termometrlar. Jismning temperaturasini o’lchash

Maqsad

Temperatura. Termometrlar. Jismning temperaturasini o’lchashning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish. O’quvchilarni Temperatura. Termometrlar. Jismning temperaturasini o’lchashni o’rganish va turmushda qo’llanilishi haqida ma’lumotlar berish.

Vazifalar

O’quvchilarga Temperatura. Termometrlar. Jismning temperaturasini o’lchashning xarakteristikalari va ularga misollar keltirish haqida ma’lumotlar berish. O’quvchilarga Temperatura. Termometrlar. Jismning temperaturasini o’lchash va ularning ishlatilishi haqida ma’lumotlar berish, uning turmushda va texnikadagi ahamiyatini tushuntirish orqali fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish.

O’quv jarayoninig mazmuni

Temperatura. Termometrlar. Jismning temperaturasini o’lchashni o’rganish.

O’quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi

DARS TURI: yangi bilim, tushunchalarni shakllantiruvchi

METOD: og’zaki bayon qilish, suhbat, "blits savollar”, "bingo”

VOSITA: 6-sinf fizika darsligi, tarqatma savollar, termometrlar, kodoskop slaydlar, plakatlar

Kutilayotgan natijalar

O’QITUVCHI: Temperatura. Termometrlar. Jismning temperaturasini o’lchash mavzusini yaritishda qisqa vaqt ichida o’zlashtirishga erishadi. O’quvchilarda darsga, fanga nisbatan qiziqishni o’yg’otadi. Bir vaqtning o’zida bir qancha o’quvchilarni baholaydi. O’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishadi.

O’QUVCHI: yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda ishlash ko’nikmasi ortadi, nutqi rivojlanadi, o’z-o’zini nazorat qilishga o’rganadi.

Kelgusi rejalar

O’QITUVCHI: o’quvchilarni fizika faniga qiziqtirish yo’llari va pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirishni darsda tadbiq etish uchun o’z ustida ishlash, mavzuni kundalik turmush va fan texnikada qo’llanilishi bilan boyitish.

O’QUVCHI: Temperatura. Termometrlar. Jismning temperaturasini o’lchashni tasavvur qiladi, amaliyotda qo’llaydi. Qo’shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlashni o’rganish. O’z fikrini ravon bayon qila olish

 
Dars rejasi: 
  •  Tashkiliy qism-3 min
  •  Uy vazifasini so’rash-10 min
  •  Yangi mavzu bayoni-20  min      
  •  Mustahkamlash-10 min
  •  Uy vazifasi berish-2 min      
Darsning borishi: a)tashkiliy qism: salomlashish,davomad olish, sinfni darsga tayyorlash
b) mustahkamlash:
1. Siz Beruniyning savoliga qanday javob bergan bo’lar edingiz?
2. Qaysi holda yoyilgan kir tez quriydi: oftob nuri tik tushgandami yoki qiya tushgandami?
3. Suvni idishida uzoq vaqt aylantirib, qanchagacha qizdirsa bo’ladi?
So’ngra formulalarni takrorlash uchun "BINGO” o’yini o’tkaziladi. Tarqatma materiallar tarqatilib, keyin formula nomlari aytiladi, o’quvchi belgilab boradi.