+A+
A
-A-
x2

Ona tili fanidan dars ishlanma

  

Mаqsаd va

vаzifаlаr

Mаqsаd:

- o’quvchilarga Navoiy hayoti va ijodining mushtarak tomonlarini ko’rsatib berish;

- buyuk allomalarga, ularning asarlariga va hayotiga nisbatan qiziqish uyg’otish, ular bilan faxrlanish hissini tarbiyalash. Yod olingan asarlardan odob-axloq, komillik,o’zlikni anglash, vatanparvarlik haqida tushunchalarga ega bo’liish. Alisher Navoiy ijodi va hayotiga nisbatan qiziqishni oshirish.

- o’z fikrini mustaqil dalillarga suyangan holda bayon etish, ifodali o’qish,malaka va ko’nikmalarni shaklantirish..

Vаzifаlаr: o`quvchilаrning mаvzugа nisbаtаn qiziqishini uyg`оtish. Ulаrdа mаvzu аsоsidа bilim vа ko`nikmаlаrni shаkllаntirish. O`quvchilаrning mаvzuni o`zlаshtirgаnlik dаrаjаsini аniqlаsh.

O`quv jаrаyonining

mаzmuni

Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish

O`quv jаrаyonini аmаlgа оshirish tеxnоlоgiyasi

Uslub: Og`zаki so`rоv, bahs-munozara

Shаkl: Guruh tаrtibidа ishlаsh

Vоsitа: Alisher Navoiyning rasmi, asarlari, ilmiy qo’llanmalar, tezkor saavollar, test savollari, vediolavhalar, elektron doska, kompyuterlar,boshqotirma, slаydlаr…

Bаhоlаsh: 5 bаlli tizim аsоsidа

Kutilаdigаn nаtijаlаr

O`qituvchi: o`quvchilаrdа Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida to’liq tushuncha hosil qilish vа ulаrdа sog`lom adabiy didni tarkib toptirish.Mаvzuning dars jarayonida ta`limning ilg`or usullari vositasida bаrchа o`quvchilаr tоmоnidаn o`zlаshtirilishigа erishish. O`quvchi fаоlligini оshirish. O`quvchilаrdа fangа nisbаtаn qiziqish uyg`оtish. Bir dаrsdа bаrchа o`quvchini bаhоlаsh. O`quvchilаr tоmоnidаn mavzuni mustаqil o`rgаnish vа uni xоtirаdа sаqlаsh, bоshqаlаrgа yеtkаzishgа erishish.

O`quvchi: Guruhlarga bo’lgan holda o’quvchilar faolligini oshirishga erishish. Qisqа vаqt ichidа yеtаrli mа’lumоtgа egа bo`lish.

Kеlgusi rеjаlаr

O`qituvchi: Pеdаgоgik tеxnоlоgiyalаrni o`zlаshtirish vа dаrsdа tаtbiq etish, tаkоmillаshtirish, o`z ustidа ishlаsh. Pеdаgоgik mаhоrаtni оshirish.

O`quvchi: Mustаqil ishlаshni o`rgаnish. O`z fikrini rаvоn bаyon qilа оlish. Alisher Navoiy hayoti va ijodiga oid qo`shimchа mаtеriаllаr izlash, ulаrni o`rgаnish.

Uygа vаzifа:

Alisher Navoiy g’azallarini yod olish, tahlilini o’rganib kelish

Darsning  borishi:
1.Tashkiliy  qism.1.Salomlashish.  2.Davomatni  aniqlash.
2. O’tilgan mavzularni takrorlash .
O’quvchilar  2 guruhga  bo’linadi   va  ular  o’zlariga  nom   tanlashadi va guruhlarini  nomini  izohlab  ham ketishadi.
    1-guruh . "Hayrat”  guruhi.
    O’quvchi:Biz  doim Navoiy  asarlarini  o’qib  hayratlanamiz. Shu  sababli  guruhimiz  nomini "Hayrat”  deb  nomladik.
    2-guruh.  "Asrimiz  yoshlari”  guruhi.
   O’quvchi  fikri:  Barchamizga  ma’umki,  21  asr - axborot  texnologiyalar asri.   Biz  hayotimizni bugun  kompyuterlarsiz  tasavvur  etolmaymiz. Shu  bois  biz guruhimiz   nomini  "Asrimiz yoshlari” deb  atadik.
 So’ng 1-guruhga   "Ortiqchasini toping” mashqi asosida  o`tilgan mavzu  bo`yicha o’quvchilarning bilimlari sinaladi. Shu  vaqt  mobaynida  2- guruh  esa  kompyuterda   test  bajarishadi.
      Mavlono  Lutfiyning  hayoti  va  ijodiga  oid  "Ortiqchasini toping” mashqi
    2774 bayt…,  "Bu ko`ngildur, bu ko`ngul” g`azal    1466-1469-yillar …
1483-1485- yillar…"Hayrat ul-abror”,  1465-yil…, 88ta  xat , "ulug` ustod”,
  "Xoh inon, xoh inonma”g`azali, 1465-1466-yillar…  60% ni g`azal,1472-1476-yillar…, 1366- yil …. Majolis un-nafois”,  "Lison ut-tayr”…, 1491-1492-yillar "Gul va navro`z” dostoni,1493-yil…, 1498-1499-yillar, 33 nusxa….
2-guruh  quyidagi  testlar   orqali o’z  bilimini  sinab  ko’radi.
1. Zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni "malik ul-kalom”, ya’ni "so’z podshosi” deb e’zozlagan. Gap qaysi adib haqida bormoqda?
A) A.Navoiy B) Lutfiy C) Jomiy D) Nizomiy
2. "Mavlona Lutfiy o’z zamonasining malik ul kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo’q erdi va turkcha devoni mashhurdir”. Lutfiyga ushbu ta’rif kim tamonidan berilgan?
A) Jomiy B) Alisher Navoiy C) Bobur D) Sakkokiy
3. "…To’qson to’qqiz yoshida olamdan o’tdi. Qabri Dehikanordadur, o’z maskani erdi”. Lutfiy to’g’risidagi ushbu fikr kimning qaysi asaridan olingan?
A) Navoiy "Xazoyin ul-moniy” B) Xondamir "Makorim ul-axloq” C) Bobur "Boburnoma” D) Navoiy "Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat”
4. Lutfiy «Devoni» qanday janrlarda yozilgan she‘rlardan tashkil topgan?
A) g‘azal, ruboiy, tuyuq, qit‘a, fard B) g‘azal, ruboiy, qasida, mustazod C) 10 dan ortiq janrlardagi she‘rlardan D) qit‘a, g‘azal, ruboiy, muashshar
5. Faqat turkiy she’riyatgagina xos bo’lgan janrni aniqlang.
A)qit’a B) lug’z C) tuyuq D) ta’rix
6,Qaysi yillarda Navoiy Samarqand shahridagi madrasalarda ta’lim oladi?
A) 1467-1469- yillar B) 1469-1472- yillar C) 1466-1469- yillar D) 1472-1474- yillar
7,"Muqarrabi shohiy” unvoniga sazovor bo’lgan adibni aniqlang.
A) Muhammad Solih B) Firdavsiy C) Bobur D) Navoiy
8,"Holoti Sayyid Hasan Ardasher” asarining muallifini aniqlang.
A) Bobur B) Lutfiy C) Jomiy D) Navoiy
9,Qaysi adibning haykali ustida bino qilingan baland toq girdiga uning bir g’azalidan olingan "Olam ahli bilingizkim, ish emas dushmanlig’, Yor o’lung, bir-biringizgaki, erur yorlig’ ish,” – degan misralari yozib qo’yilgan?
A) Ahmad Yassaviy B) A.Navoiy C) Bobur D) Jaloliddin Rumiy
10"Muqarribi shohiy” unvonini olgan ijodkorni aniqlang.
A)Husayn Bayqoro B) Lutfiy C) Navoiy D) Bobur
           3.Yangi  mavzu  bayoni:
        Yangi  mavzu  o’quvchilar  uchun  tanish bo’lganligi sababli  2-guruh, ya’ni "Asrimiz  yoshlari”   guruhi  a’zolari   1-  guruh  vediolavhaga  qarab  gapirganlariga  qadar  kompyuterning ish  stolida berilgan  barcha slaydlarning  savollariga  javob  yozadilar.  "Hayrat”guruhi  a’zolari  esa   elektron  doskada  namoyish etilayotgan  vediolavhaga qarab  navbatma-navbat quyidagi fikrlarni  bayon  etishadi:
      1-o’quvchi:  Buyuk mutafakkir shoir, olim, musiqachi, rassom va davlat arbobi, Alisher Navoiy 1441- yil 9-fevralda Hirotning Bog‘i Davlatxona atalmish joyida dunyoga kelgan. Otasi G’iyosiddin Muhammad (G’iyosiddin Kichkina) temuriylar  xonadoniga  ta’lluqli  bo’lib  , Shahrisabzdan  Kobulga  borib  qolgan  barlos  beklaridan  edi.Alisher  saroy  muhitida  yashaganligi  uchun  alohida  tarbiya  va  nazoratda  o’sdi. Olim-u  fozillar  davrasida  bo’ldi.
         2-o’quvchi:   3-4  yoshlarida davrining  mashhur  shori  Qosim Anvarning  bir   she’rini  yod  aytib,   mehmonlarni  hayratga  solgan. 5  yoshida  esa  uni  maktabga  berdilar. Alisher  bo’lajak  sulton  Husayn  Boyqaro  bilan  birga  o’qidi  va  umrining  oxirigacha  ular  sodiq  do’st  bo’lib  qoldilar. U  7-8  yoshlaridan  she’r  yoza  boshladi. 15 yoshlaridashe’rlari  bilan  zamonasining  mashhur  shoirlari   diqqatini  tortdi.  U  shu  paytlarida  yozgan   baytini   Mavlono  Lutfiy  eshitib:  "Ana  shu   bir  baytga   men  butun  she’riyatimni  almashardim”,-deb  lutf  qilganlar.
            3-o’quvchi:  Yosh  Alisherni  bolaligidan  larzaga  solgan,   hayot  va  dunyo  haqidagi  qarashlarini  shakllantirgan  asar  «Mantiq ut-tayr»  bo’ldi. U  yoshiga  munosib  bo’lmagan tarzda  bu  asarni  juda  yoshligida  berilib  o’qib  chiqqandi.  Kitob  bolaga  kuchli  ta’sir  qiladi. U  odamlardan  yotsiraydigan , xilvatni yoqtiradigan  bo’lib  qoladi. Bu  holdan  uning  ota-onasi  juda  tashvishga  tushadilar  va  kitobni  yashiradilar,  lekin  bu  foydasiz  bo’lib  chiqadi.  Alisher  kitobni  yod  olib  bo’lgandi.Alisher  bir  umr  «Mantiq ut-tayr»da  ko’tarilgan  tasavvurning  yuksak   olamida  yashadi.  Umrining  so’nggida  esa  "Lisonut  tayr”  nomi bilan  asarga  munosib javob  ham  yozdi.
          4-o’quvchi:  Barchamizga  ma’lumki, yosh  Alisher yoshligidanoq zehnli, mard  inson bo’lgan  1447-yilda Alisherlar  oilasi  Iroqqa  ko’chib  ketadi.Yo’lda  Taft   shahrida
 mashhur  tarixchi  Sarafiddin  Ali   Yazdiy  bilan  uchrashdi va  u  kishining  duolarini oladi.Ustoz,, agar  siz  ruxsat  bersaangiz fikrimizning  isbotini  sahnaviy  ko’rinish  orqali  namoyish  etsak.
    Sahnaviy  ko’rinish  namoyish  etiladi.
         6-o’quvchi:  Alisher  60-yillarning ikkinchi yarmida o’sha  davrning  ham  ilm,  ham  siyosiy markazi  bo’lgan  Samarqandda yo’l  oldi.Bu  shaharda  o’zining  eng  yaqin  do’stlarini  topdi  va  ular  bilan  15  asrning  eng  muhim  masalalarini  muhokama  qilishdi.  Ularni  yechishga  urinishdi  .O’z  qarashlari  singdirilgan  noyob  asarlar  yozishdi. 1465-1466-yillarda  uning  muxlislari  she’rlarini  to’plab  devon  tuzdilar.Bu    kitob  "Ilk  devon”  nomi  bilan  mashhurdir.1469-yilda  Hirot  taxtiga  Husayn  Boyqaro  chiqadi.  Do’sti  Alisher  Navoiyni  o’z  yoniga  chaqirib  oladi.  Navoiy   Husayn  Boyqaro  saroyida  turli lavozimlarida  ishladi.
            7-o’quvchi:   1472  -yildan  boshlab  vazir  etib  tayinlandi. Shoir  mamlakat  obodonchililgi  ravnaqi  va  osoyishtaligi  yo’lida  ko’p  ishlar  qildi.  Maktab  ,  madrasa,  masjid  va  xonaqohlar  ,  ko’prik, rabotlar,  shifoxonalar qurdirdi. Muhtoj  va  kambag’allarga  yordam  berdi. Olim-u  shoirlarga  homiylik  qildi.  Shoirning  butun  hayoti  15  asrning  2-yarmida  Xurosondagi  ijtimoiy-  siyosiy  va  madaniy hayot  bilan  chambarchas  bog’liqdir.  U  bu  yerda  30  yil  mobaynida  hukmdor  Sulton  Husaynning  eng  yaqin do’sti  va   maslahatchisi  sifatida davlatning ichki  va  tashqi siyosatini  belgilash  ishida  qatnashdi. Alisher Navoiy sharq  adabiyotining   eng  yirik  vakillaridan  biri  hamda  o’zbek  adabiy  tilini  yuqori  cho’qqiga  olib  chiqqan  shordir.  Navoiygacha  ulkan shoirlar  o’tgan,  hech  biri  o’zbek tili  va  adabiyoti  ravnaqi   uchun Navoiydek  xizmat qilolgan  emas.  Navoiy  ijodi  turkiy  adabiyotning  eng  yuqori  cho’qqisi  hisoblanadi. Bobur  ta’biri  bilan  aytganda ,    "hech  kim   unga  qadar  bu  tilda  bunchalik  ko’p  va xo’p yozmagan”. Alisher Navoiy  uchun  she’r  va  shoirlik  ilohiy  qismat  edi  va  bu  qismat  faqat  xalqqa  va  insonga  xizmat  qilishi  kerak  edi. Vazirlik  martabasida  turib  ham  ijod  qilishni  to’xtatmadi. 
        8-o’quvchi:  1472-1476-yillarda "Badoyi’ ul-bidoya”  va — "Navodir un-nihoya” nomlari  bilan  ikki  devon tuzdi.1483-yilda  turkey  tilde  1-bo’lib  "Xamsa”  yozishga  kirishdi va  juda  qisqa  muddat , 2 yildan  ortiqroq  vaqtda  besh   dostondan  iborat  ushbu asarni  yozib  tugatdi.  Bu  buyuk  xizmati  uchun  Husayn  Boyqaro shoirni  o’zining oq  otiga  mindirib  ,  unga  jilovdorlik  qilib,  Hirot  ko’chalarini  aylantirdi.1480-1490-yillar Navoiy  uchun  badiiy  ijodda  samarali  yillar  bo’ldi.
          9-o’quvchi:  Shoir  "Xamsa”dan  keyin  bir  qator  nasriy  asarlar  yaratdi.1488-yilda  "Tarixi  mulki  ajam”  singari asarlarni yozdi.  Bu  asar  nasriy  bo’lib, shoirning  o’z  zamondoshlari  haqidagi  me’moar –xotiralardan  tashkil  topgan edi.  90 –yillarda  shoir  4 devondan  iborat  "Xazoyinul-maoniy”  majmuyiga  tartib  berib  bo’ldi.  Bu   ulkan  she’riy  devon  shoirning  turkey  tilda  yozgan  deyarli barcha  lirik  she’rlari,  ya’ni  45 ming misraga  yaqin  g’azal, ruboiy,  qit’a, va  fardlarini  qamrab  olgan.                                                                                        Navoiy   arab  va  fors  tillarini mukammal  bilgan  va  u  tillarda  ham  ajoyib  asarlar  yaratgan.Navoiyning ijodida  jamiyat  va  inson munosabati,  insonning  baxt –saodati  , komil  inson  va  fozil  jamoa,  ta’lim-tarbiya haqidagi  qarashlari va  g’oyalari  o’z  ifodasini topgan.  Navoiy  xalq  orasida   insonparvarlik  g’oyalarini  tarqatdi.  Turli  millat  va  elatlar  o’rtasidagi  do’stlikni  ulug’ladi.Farobiy,  Ibn  Sino,  Beruniy va  boshqalar singari  mukammal  jamiyat  haqida  fikr   yuritdi.Xalqni  farovonlikka  va  baxt-saodatga eltuvchi ,  hamma  teng,  zulm - istibdoddan   holi  bo’lgan  davlat tuzumini orzu qildi.      10-o’quvchi:  Uning   yaxshilik ,  ezgulik, muhabbat, do’stlik , adolat,  tinchlik ,  osoyishtalik  va boshqa  go’zal  fazilatlar , ma’naviy-axloqiy  qadriyatlar  to’g’risidagi  qimmatli  fikrlari, hikmatlari barkamol  insonni tarbiyalashga  xizmat  qilishga  qaratilgan.  Ma’lumki, diling  Olloh  zavqida,qo’ling  ish  zavqida  bo’lsin” degan shior  Naqshbandiya  tariqatining asosiy  tamoillaridir.
      12-o’quvchi:  Navoiy  butun  umr , avvalo, shaxsan  o’zi  ana  shu  tamoilga  amal  qildi,  qolaversa,  deyarli  hamma  asarida   ana shu  g’oyani  talqin etdi. Shuning  uchun ham  mashhur  olim  Dartes  Navoiyni  "Nafaqat  buyuk  shoir hamda mutafakkir,  balki   buyuk va  pokiza  zot,  nomi  bosh  harflar  bilan yozilishga loyiq inson  edi”  deb ta’riflaydi. Ulug’  shoir  Mir  Alisher  Navoiy  o’zining dilbar  asarlari  bilan o’zbek tilining  rivojiga  ulkan  hissa qo’shdi. U shoh  asarlarini  o’zbek tilida  yozib, bu  tilning  benihoya  nafis  va  go’zalligini  o’z  zamondoshlariga  namoyish  eta bildi. Mana  shunday  fidoyiligi  uchun  u  o’zbek  she’riyatining  sultoni  degan  ulug’  nomga  sazovor bo’ldi.  1501-yilning 3-yanvarida ulug’  shoir  sakta  kasalligi  bilan  vafot  etdi. Zamondoshlari  butun  hirotliklar  shoirning tobuti  izidan    yig’lab  borganini  xotiralarida  yozib  qoldirganlar.
1-guruh  shoir  hayoti  va  ijodini  gapirib  bergunlariga  qadar   "Asrimiz  yoshlari”   guruhi a’zolariga   quyidagi  savollar slayd usulida  kompyuter  ekranida  beriladi. Ular  savollarga  javob  yozishadi.(Slaydlar  dars  ishlanmasi  so’nggida  ilova  qilinadi)
 1. Alisher Navoiy   sizningcha   kim  bo’lgan?
 2.Alisher Navoiyning  oilasi haqida  ma’lumot  yozing.
3.Navoiy Husayn Boyqaroga bag‘ishlab qanday qasida yozgan?
     4. Navoiy forscha she’rlariga qaysi taxallusni qo‘llaydi?
 5. Foniy   so‘zining ma’nosi nima?
 6. Navoiy qaysi yillar muhrdor vazifasida ishlagan?
 7.Navoiy  1472-1476-yillar qanday lavozimda ishlagan?
 8.Navoiy nechanchi yillar Astrobodga hokimlik qilgan?
 9. Navoiyning lug‘atshunoslikka oid asari?
 10.Navoiyning "Munshaot” asarida nechta xat  jamlangan?
 11."Ko‘rlar va fil hikoyati”Navoiyning qaysi asarida berilgan?
 12. Navoiyning turk va fors tillarini qiyoslab  yozgan asari?
 13. "Mufradot”ning    ikkinchi nomi nima?
 14. Navoiyning "Risolai muammo” asari qaysi tilda yozilgan?
 15. Navoiyning hadislar jamlangan asari qaysi?
 16. Alisherning oilasi qachon Iroqqa ko‘chib ketadi?
 17. Navoiyning "Lison us-tayr” asari qaysi asar ta’sirida   yozilgan?
 18. Navoiy devonlari nomini  yozing
 19. "Hayrat ul-abror”ning birinchi maqolati  nima haqida?
 20. Navoiyning "Xamsa” dostoni nechanchi yillar yozilgan?
 21. "Xamsa” dostoni necha  misradan iborat?
 22. "Tili Andijon shevasi bilan rost” Navoiyga berilgan  ta’rif muallifi kim?
 23. Navoiy necha rabot va hovuz qurdirgan?
 24. "Sab’ai sayyor” dostoni necha bob va baytdan iborat?
 25. Sharq adabiyotida "Xamsa” yaratgan shoirlar  kimlar?
 
 26.Alisher  Navoiy  "Xamsa”  dostonini  ketma-ket  tartibda  yozing.
 27. Misralarni  to’g’ri  joylashtiring va janrini toping.
     Jondin  seni  ko’p  sevarmen, ey  umri aziz,
     Ondin seni  ko’p  sevarmen, ey  umri aziz,
     Sondin seni  ko’p  sevarmen, ey  umri aziz,
     Har  neniki  sevmak ondin  ortuq bo’lmas
 30. Navoiy   yaratgan  kuyning  nomi nima?
 31. Shoir  she’riyatning necha  janrida ijod  qilgan?
 32. Navoiy  aruz ilmini kimdan o’rgangan?
 33. Shoirning "hikoya ichida  hikoya” usulida  yaratgan dostoni nomi  nima?
 34. Alisher Navoiy hayotining oxirgi yillarida qaysi asarini yaratgan?
  4.Mustahkamlash.
 1. "Iste’dodingni  ko’rsat”  mashqi.  O’quvchilar  o’zlari  tayyorlab kelgan  ishlari  haqida  ma’lumot  beishadi. (Masalan, mavzuga  doir chizgan  rasmlari,  yozgan  she’rlari, tayyorlagan  bukletlari…)
2.Boshqotirmani yechish. O’qHurmatli  o’quvchilar,  siz  quyidagi  so’zlarni  to’g’ri  joylashtirsangiz ,   Navoiyning  mashhur   fardi  hosil  bo’ladi.
qadri,  olamning, yo’q,  qiblasi, o’lib andoqki ,  Ka’bani, ka’basi,  ko’ngil
Javobi: Ka’bani  olamning   o’lib  qiblasi,
Qadri yo’q andoqki ko’ngil  ka’basi.
3.G’azalni  ifodali  o’qishga  o’rgatish.  Elektron  doskada   Alisher  Navoiyning  g’azallaridan  biri  uch tilda,  ya’ni  o’zbek,  rus,  ingliz  tillarida  yozilgan  va  o’qilishi  ham  berilgan.  O’quvchilarga  g’azalning  o’qilishi  ovozli va  ovozsiz  holda  eshittiriladi.O’quvchilar  o’zlari  o’qilishini  rus  va  ingliz  tilida  mashq  qilishadi.
Darsning  so’nggida  guruhlarning  to’plagan  ballari  jamlanib,  g’olib  guruh  o’quvchilari  aniqlanadi.
   O’quvchilarga   Alisher  Navoiy  g’azallarini  yod  olish,  tahlilini  o’rganib  kelish  uyga  vazifa qilib    beriladi.
qobilova-saodat.rar [20.32 Kb] (cкачиваний: 209)