+A+
A
-A-
x2

geografiya fanidan dars ishlanma

 
 

Mavzu:

III chorak, 22 - dars  

Daryolar.Ko`llar va muzliklar.

 

Maqsad va vazifalar

     O‘quvchilarga daryolar va ularning qismlari tarkibi, turlari, to‘yinishi, rejimi haqida bilim berish; tog‘ va tekislik daryolarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish; ularga tabiiy geograflk xaritalardan daryolarni topishni o‘rgatish va sayyoramizdagi yirik daryolarni nomlarini aytib xaritadan topa olishni, daryolarga reja asosida ta’rif yozish ko‘nikmasini shakllantirish. Ko`l va muzliklar haqida ma’lumot berish

    O‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog‘lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirish, Tabiatga mehr va muhabbat uyg‘otish asosida ekologik tushunchalarni kengaytirish.

 

O‘quv materiali mazmuni

O‘quvchilar mavzuning mohiyatini tushinib yetishlari bunda daryolarning hosil bo‘lishi, daryo sistemasi, vodiysi va uning  elementlari. Ularning to‘yinishi manbai va mansabi. Ostona va sharsharalarning paydo bo‘lishi, daryo havzasi  chegaralari. Daryolaning oqim yo‘nalishi va relyefning bog‘liqlik qonuniyatlari. Daryolarning xalq xo‘jalikdagi ahamiyati  va ularni suvini muhofaza qilish. Ko`l va muzliklar

O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi

Shakl: interfaol mashg‘ulot: suhbat-ma’ruza, yakka tartibda, kichik guruh,  jamoa bo‘lib ishlash.

Metod: "Aqliy hujum”, og‘zaki bayon, "Blis so‘rov” elementi,  savol- javob, Eng,Eng,Eng o`yini, geografik topishmoqlar, atlas , xarita va  yozuvsiz xarita bilan ishlash.

Vosita: Darslik,  mavzu  bo‘yicha slaydlar, globus

 daryolar ,ko`llar,muzliklar,sharsharalar aks etgan rangli rasmlar, 5-sinf o‘quv atlasi va yozuvsiz xarita,  tarqatma materiallar, Dunyoning tabiiy xaritasi, O‘zbekiston tabiiy xaritasi,slayd,film

Nazorat: kuzatish, nazorat savollari

Baholash: rag‘batlantirish,  5 ballik tizim  asosida.

 

Kutiladigan natijalar

O‘qituvchi: Mavzu asosida to‘laqonli ma’lumot berib, o‘quvchilar bilimini oshiradi. Mashg‘ulotda qo‘llanilgan turli metodlar, mustaqil ish bo‘yicha tarqatma materiallar asosida mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini oshiradi.

O‘quvchi: Mavzu bo‘yicha yangi bilimlar egallanadi. Guruhlar bilan ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar. Yozuvsiz xaritada daryo va uning elementlarini  tasvirlay  oladi. Ko`l ,sharshara,muzliklar haqida tasavvurga ega bo`ladi   

 

Kelgusi rejalar

O‘qituvchi: Yangi pedagogik texnologilarni o‘zlashtiradi va darsda tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqyalar bilan bog‘laydi va solishtiradi.

O‘quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil isshashni o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Yangi mavzuga oid qo‘shimcha materiallar topishga harakat qiladi. 

geografiya.rar [387.34 Kb] (cкачиваний: 456)