+A+
A
-A-
x2

Alisher Navoiy bobomiz xotirasiga bag`ishlangan ertalik

Alisher Navoiy bobomiz xotirasiga bag`ishlangan ertalik

Ertalik maktab zalida bo`lib o`tdi.

Ertalikni maktabimizning ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari o`chib berdi . Sinfning a’lochi o`quvchisi oltinoy bobomiz haqida qisqa tushuntirish berdi.

Boshlovchi: - Ulug` bobokalonimiz Mir A.Navoiy 1441 yilning 9 Fevralida Hirot shahrida dunyoga kelganlar. Bolalik chog`laridan hammaning e’tiboriga tushganlar/ ko`p kitoblar o`qiganlar o`zlari ham she’r g`azal yozganlar.

Mahliyo – Ko`p jahongiz ko`rgan bu dunyo

                 Hammasiga guvoh yer o`sti.

                 Lekin do`stlar she’r ahli aro,

                 Jahongiri kam bo`lar rosti.

Oltinoy: (Alisherga qarab so`z boshlaydi). Ustoz, sizning she’riyat mulkida sulton bo`lib, jahonga o`zbek shon – shuhratini yoydingiz, turkiy zabonda ash’orlar bitgansiz. Ustoz ash’orlaringizdan aytib bersangiz.

Alisher: Boshni fido ayla ato qoshiga

              Jismni qil sadqa ano boshiga

              Ikki jahoninga tilarsan fazo

              Hosil et ushbu ikkisin rizo

 

             Tun – kuninga aylagil nur bosh

             Birisin oy ayla, birisin quyosh

             So`zlaridan chekma qalam tashqori

             Xatlaridan qo`yma qalam tashqori

 

(Hamma o`quvchilar olqishlaydilar, “Ofarin”, ustoz, “Qulluq” – deydilar)

Nodira: Ustoz, siz yozib qoldirgan hikmatlarni biz e’zozlab o`rganamiz. Ruhsatingiz bilan ulardan o`qib bersak.

Til bilgan – el biladi.

Azamat: Chin so`z – e’tiborli, yaxshi so`z qisqa bo`lur.

Jur’at: Oz – oz o`rganib dono bo`lur, Qatra – qatra yilg`ilib daryo bo`lur.

Muhammadjon: Bilmaganni so`rab o`rgangan olim, orlanib so`ramagan o`ziga zolim.

(“ofarin, qulluq, barakallo” so`zlari aytib turiladi)

Boshlovchi: - Aziz o`quvchilar, buyuk bobokalonimiz Mir Alisher Navoiyning tavallud topgan kunlarida u kishini eng yaxshi fazilatlarini eslab ular ruhini shod etamiz. Mir Alisher Navoiy yoshligidan minglab misra g`azallarni yod bilganlar. She’rlar, g`azallar yozganlar. Hozir Alisher Navoiyning shoir Lutfiy Bilan uchrashuini sahna ko`rinishi orqali ko`rsak.

(Sahnada Shoir Lutfiy o`tirib she’r yozayapti)

Alisher: - Assalom ustoz.

Lutfiy: Q – Barakallo, o`g`lim, barakallo. Biz faqirni ko`rgani, mamnun qilgali kelibsen. Sen kabi aqlli boadab o`g`lonning suhbati bilan dilimni ochay, ash’oringni tinglay.

Alisher: Orazin yopg`och ko`zimdin sochilur har lahza yosh.

         Bo`ylakim paydo bo`lur yulduz nihon bo`lgach quyosh.

Lutfiy: - “Ofarin o`g`lim”, Qasam tangrigakim, agar imkon bo`lsa edi, men o`zimning fors va turkiyda aytgan o`n ikki ming baytimni shu g`azalga almashar edim, ham ayni zamonda o`zimni ulug` maqsadga erishgan deb hisoblar edim.

Ruhsora: - Alisher yoshligidan do`sti Husayn Bayqaro bilan inoq, ahil, do`st bo`lgan, birga o`ynagan va birga maktabga borgan.

Sarvinoz: - Hatto ikki oila

                   Bir-birini hurmat ila

                   Tez-tez yo`qlab kelishar

                   Mehmon, mezbon bo`lishar

 

                  Shunda ota-onasi

                   Topib qulay xonasin

                   Navro`z, hayit kunlari

                   Yig`ilib yaqinlari.

 

Boshlovchi: - Aziz o`quvchilar, hozir “Alisher bilan bulbul” nomli sahnalashtirilgan rivoyat bilan tanishamiz va bobomiz o`zlariga qanday taxallusni tanlaganini bilib olamiz. (sahnada Alisher kursida o`tirib she`r yozayotgani ko`rsatiladi).

Boshlovchi: - Olgari zamonda G`iyosiddin kichkina degan kishining Alisher ismli o`g`li bo`lgan ekan u yoshligidan uddaburro, ziyrak bo`lib o`sibdi. To`qqiz yoshga to`lganda esa she`rlar yoza boshlabdi. Odamlar (bola o`ziga) u yozgan she`rlarni quloq berib tinglaydigan bo`lishibdi. Lekin bola o`ziga hali tahallus tanlamagan ekan. Alisher bir kuni yangi she`rlarini yozibdida, uni boqqa chiqib, baland ovoz bilan o`qib boshlabdi.

Alisher: - G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish

                   El anga shafiqu mehribon bo`lmas emish

                   Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa

                   Bulbulga tikondek oshiyon bo`lmas emish

Boshlovchi: - Gul shohida o`tirgan bulbul Alisherning yoqimli ovozini eshitib qolibdi. Yosh shoirning goh qo`ng`iroqday jarangdor, goh tong shamoliday mayin ovozi bulbulni o`ziga maftun etibdi.

Munisa: Bulbul: - Ey, xushovoz shoir, sen o`qigan she`rlar bulbullarning erta tongdagi navosidan ham yoqimli ekan. Ismingni bilsam bo`ladimi?

Alisher: - Men Alisherman.

Bulbul: -  Bildim, bildim, yangi chiqqan shoir ekansizda. Endi o`zingizga chiroyli bir nom tanlab, she`rlaringizni oxiriga taxallusingizni qo`ying.

Boshlovchi: - Alisherga bulbulning boyagi “navo” degan so`zi yoqib qolibdi. Shundan keyin yozgan g`azallariga o`z taxallusini “Navoiy” deb qo`shib aytadigan bo`libdi.

Shu bilan ertagimiz tugadi.