+A+
A
-A-
x2

Kitob-insonning yaqin do'sti

Kitob-insonning yaqin do'sti  Kitob – insonning yaqin do`sti, suhbatdoshi, sirdoshi. U kishining dunyoqarashi, so`z boyligini oshiradi. Amerikalik olim, yozuvchi Nil Geyman olib borgan tadqiqot natijasi shuni ko`rsatdiki, kitob mutolaa qilmaydigan bolalar kelajakda bezori bo`lib ulg`ayishi ehtimoli yuqori ekan. Shu bilan birga, kitob o`qish odamlarni empatiyaga – faqat o`z xohish-istaklari va manfaatlarini o`ylashdan voz kechib, umumiy maqsad yolida birlashishga undaydi. Xitoylik olimlar esa AQShning butun dunyoni zabt etgan Apple, Microsoft kompaniyalari sirini bilish maqsadida u yerda o`z tadqiqotchilarini yuborganlar. Izlanishlar shuni ko`rsatdiki, nanotexnologiyalar ixtirochilari bolalikda fantastik asarlar mutolaasiga mehr uyg`otishimiz, asrlar osha ajdodlar ilmiy, adabiy merosini qadrlashga, unda ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga o`rgatishimiz muhim.